«Yuventus» Alisson o‘rniga De Xea variantini ko‘rib chiqmoqda
"Yuventus" Alisson Becker transferidagi yuzaga kelayotgan murakkabliklar sababli David de Xea variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.
Turinliklar avval "Liverpul" darvozabonini asosiy maqsad sifatida belgilagandi, ammo moliyaviy talablar transferning amalga oshishini qiyinlashtirmoqda. Alissonning maoshi yiliga taxminan 8 million yevroni tashkil etadi, shuningdek transfer summasi ham 15 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Shu sababli "Yuventus" hozirda "Fiorentina"da o‘ynayotgan David de Xeani arzonroq variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. 35 yoshli darvozabon ancha kam maosh oladi, uning yillik daromadi taxminan 3,5 million yevro. "Fiorentina" esa maosh yukini kamaytirish maqsadida uni 10 million yevro atrofida sotishga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.