locale OZ

«Yuventus» Alisson Bekke transferi boʻyicha «Liverpul»ga taklif tayyorlamoqda

Turinliklar braziliyalik darvozabon uchun 2029 yilgacha moʻljallangan shartnoma taklif qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Alisson Bekke transferi boʻyicha «Liverpul»ga taklif tayyorlamoqda
FOTO: Getty Images

Italiyaning «Yuventus» klubi braziliyalik darvozabon Alisson Bekkerning transferi borasida Angliyaning «Liverpul» jamoasiga birinchi rasmiy taklifni tayyorlamoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira maʼlum qildi.

«Alisson Bekkerning «Yuventus»ga oʻtishi boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Luchano Spalletti braziliyalik darvozabonni sotib olishni talab qilmoqda. Futbolchi uchun 2029 yilgacha moʻljallangan shartnoma (yiliga 5 million yevro maosh bilan) tayyor. Alisson «Yuventus»ga oʻtishga qiziqish bildirayotganga oʻxshaydi, Turin klubi esa yaqin haftalarda «Liverpul» uchun birinchi taklifni yuborishni rejalashtirmoqda», — deb yozdi Skira.

Maʼlumot uchun, Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 33 yoshli Alison Beker 25 ta oʻyinda maydonga tushdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar Ligasida oʻtkazilgan oltita uchrashuv ham bor.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting