locale OZ

«Yuventus» Aleksandr Syorlotga qiziqish bildirmoqda

Turinliklar Vlahovichga oʻrinbosar qidirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Aleksandr Syorlotga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Syorlot «Yuventus» e’tibor doirasiga tushdi. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, turinliklar norvegiyalik futbolchini Dushan Vlahovichning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Vlahovichning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. «Yuventus» Syorlotga asosiy tarkibdan joy berishga tayyor.

«Atletiko» esa hujumchisi uchun 32 million yevro talab qilmoqda. Avvalroq futbolchiga «Liverpul», «Fenerbahche» va «Galatasaroy» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Aleksandr Syorlotning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda norvegiyalik forvard 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting