«Yuventus» Ait-Nouriga qiziqmoqda
Ait-Nourining transfer qiymati hozirda 40 million yevro atrofida baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
«Manchester Siti» himoyachisi Rayan Ait-Nuri faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Jazoirlik futbolchiga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, «Yuventus» 25 yoshli laterallarni tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Ait-Nourining transfer qiymati hozirda 40 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi esa 2030-yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Jazoirlik futbolchi o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki marta golli uzatma amalga oshirgan. Yangi chempionatda esa u hali maydonga tushmadi.