locale OZ

«Yuventus» A Seriyada toʻrtta oʻyindan iborat gʻalabasiz seriyasiga chek qoʻydi

Turinliklar oʻz maydonida «Piza»ni yirik hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» A Seriyada toʻrtta oʻyindan iborat gʻalabasiz seriyasiga chek qoʻydi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasining 28-turida «Yuventus» o‘z maydonida «Piza» klubini qabul qilib, 4:0 hisobida yirik g‘alabani tantana qildi. Ushbu muvaffaqiyat Turin klubi uchun uzoq kutilgan natija bo‘ldi va jamoaning chempionatdagi to‘rt o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, Luchano Spalletti boshchiligidagi jamoa avvalgi uchrashuvlarda qiyinchiliklarga duch kelgandi. Xususan:

  • Rimning «Latsio» (2:2) va «Roma» (3:3) klublari bilan durang o‘ynagan;
  • Milanning «Inter» (2:3) hamda «Komo» (0:2) jamoalariga qarshi bahslarda mag‘lubiyatga uchragan edi.

28 ta turdan so‘ng, «Keksa Sinyora» o‘z hisobidagi ochkolarini 50 taga yetkazib, turnir jadvalining oltinchi pog‘onasidan joy oldi. Ayni damda turinliklar peshqadam «Inter»dan 17 ochko ortda qolmoqda. Ta’kidlash joizki, «neradzurrilar» hali zaxirada bitta o‘yinga ega.

Maʼlumot uchun, «Yuventus» navbatdagi tur doirasida 14 mart kuni safarda «Udineze» jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting