locale OZ

Yusupov va Ahadov Qingdao Grand Prix 2025 turnirida ishtirok etadi

26-28 sentyabr kunlari Xitoyning Shandun provinsiyasi Sindao shahri Gran-Pri turniriga mezbonlik qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yusupov va Ahadov Qingdao Grand Prix 2025 turnirida ishtirok etadi
photo: judouz

26-28 sentyabr kunlari Xitoyning Shandun provinsiyasi Sindao shahri Gran-Pri turniriga mezbonlik qiladi.

Musobaqada 5 qit’aning 26 davlatidan jami 205 (119 erkak, 86 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun bahs olib boradi. Qingdao Grand Prix 2025 turnirida O‘zbekiston terma jamoasining ikki yetakchi dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Ushbu haftada ikkita IJF turniri borligi sabab murabbiylar shtabi Xitoyga Shahram Ahadov va Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupovni yuborishni lozim topishdi. Terma jamoamizning qolgan dzyudochilari Praga shahrida o‘tkaziladigan Yevropa Ochiq Kubogida qatnashishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting