locale OZ

Yurgen Klopp yaqin kunlarda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi - Fabritsio Romano

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) va Klopp o‘rtasidagi barcha asosiy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yurgen Klopp yaqin kunlarda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi - Fabritsio Romano
Foto: Getty Images

Mashhur insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Yurgen Klopp yaqin kunlarda Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtiriladi.

Manbalarga ko‘ra, Germaniya futbol ittifoqi (DFB) va Klopp o‘rtasidagi barcha asosiy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Endi faqat rasmiy taqdimot marosimi va shartnoma imzolanishi qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng bosh murabbiy Yulian Nagelsmann bilan xayrlashgandi. DFB terma jamoani qayta qurish vazifasini aynan Kloppga ishonib topshirishga qaror qilgan.

Agar rasmiy e'lon kutilganidek amalga oshsa, Klopp "Liverpul"dan ketganidan keyin ilk bor murabbiylik faoliyatiga qaytadi va ilk bor milliy terma jamoani boshqaradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting