locale OZ

Yurgen Klopp «Roma» klubini boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga raddiya berdi

O‘zbekiston futboli yulduzini Klopp boshqaradimi?
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

«Liverpul» jamoasining sobiq bosh murabbiyi, taniqli nemis mutaxassisi Yurgen Klopp yaqinda tarqalgan mish-mishlarga aniq bayonot bilan javob berdi.

«Men “Roma”ni boshqarishni reja qilmayapman. Agar keyingi yillarda bu klub yoki boshqa jamoa haqida shunday gap eshitsangiz, ishonmang — bu mutlaqo yolg‘on», — dedi Klopp jurnalistlarga.

Avvalroq Italiya va Britaniya ommaviy axborot vositalarida 57 yoshli murabbiyning «Roma» bilan muzokara olib borayotgani va jamoani mavsumlar oralig‘ida qabul qilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Biroq Klopp bu iddaolarga nuqta qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp 2024 yil may oyida «Liverpul» klubini tark etdi. U klub bilan 9 yil davomida faoliyat yuritib, jamoani tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan biriga yetakladi. Tarkidan so‘ng, Klopp uzoq muddat futboldan tanaffus olishini ma’lum qilgan edi.

Ayni paytda, o‘zbekistonlik taniqli hujumchi Eldor Shomurodov aynan «Roma» safida to‘p surmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting