locale OZ

Yurgen Klopp “Real” haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Avvalroq mutaxassis Madrid klubiga oʻtishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yurgen Klopp “Real” haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
FOTO: Getty Images

Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp o‘zini Madridning “Real” klubi bilan bog‘layotgan xabarlarga izoh berdi.

Kloppning ta’kidlashicha, uning nomi atrofida tarqalayotgan mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va hozircha Ispaniya grandi vakillari bilan hech qanday aloqa bo‘lmagan. Shuningdek, u ayni paytda “Red Bull” tizimidagi faoliyatidan mamnun ekanini bildirgan.

Klopp, shuningdek, kelajakda murabbiylikka qaytish ehtimolini inkor etmagan, biroq hozircha bu borada hech qanday rejalari yo‘qligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp 2025-yil boshidan buyon “Red Bull” kompaniyasida global futbol yo‘nalishi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda. Bungacha u “Liverpul” bosh murabbiyi sifatida Angliya Premyer-ligasi, UEFA Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting