locale OZ

Yurgen Klopp «Real» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin — Romano

Avvalroq madridliklar Xabi Alonsoni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yurgen Klopp «Real» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin — Romano
FOTO: Getty Images

Mashhur jurnalist va insayder Fabritsio Romano fikricha, sobiq «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Madridning «Real» klubini boshqarishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, «Real» rahbariyatida Kloppga nisbatan katta hurmat mavjud. Klub prezidenti Florentino Peres nemis mutaxassisining ishini yuqori baholaydi va uni Madridga olib kelish g‘oyasini doim qo‘llab-quvvatlab kelgan.

Shuningdek, Peres Zinedin Zidanga ham ijobiy munosabatda, biroq fransiyalik mutaxassis 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Fransiya terma jamoasini boshqarish borasida kelishuvga erishgan.

Ma’lumot uchun, Klopp 2025 yil 1 yanvardan boshlab «Red Bull» futbol loyihalari rahbari lavozimida ishlamoqda. Ushbu tuzilma tarkibiga to‘rtta klub kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni «Real» Xabi Alonsoning iste’fosini e’lon qildi va jamoa bosh murabbiyligiga Alvaro Arbeloani tayinladi. Alonso «qirollik klubi»ni 2025 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. Uning rahbarligida «Real» barcha musobaqalarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 24 g‘alaba, 4 durang va 6 mag‘lubiyat qayd etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting