Yurgen Klopp: \"Liverpul\" endi yangi murabbiy bilan hammasini qaytadan boshlashi mumkin\"
“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning o‘tgan mavsumdagi holati hamda klubga yangi murabbiy Andoni Iraola kelgani haqida fikr bildirdi.
Nemis mutaxassisi o‘tgan mavsumda “Liverpul”da nima sababdan barqarorlik yetishmaganini aniq baholash qiyinligini ta’kidladi. Kloppning aytishicha, u hozir klub ichidagi jarayonlarga yetarlicha yaqin emas va shuning uchun muammolar haqida keskin xulosa chiqarishni istamaydi.
Shu bilan birga, Klopp “Liverpul” avvalgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritganidan xursand bo‘lganini aytdi. Uning fikricha, keyingi mavsum klub uchun oson kechmagan, biroq shunga qaramay jamoaning Chempionlar ligasiga yo‘l olgani muhim natija bo‘lgan.
Kloppning ta’kidlashicha, endi “Liverpul” yangi bosh murabbiy bilan hammasini deyarli boshidan boshlashi mumkin. U Andoni Iraolani sifatli mutaxassis deb atadi va yangi murabbiyga jamoa bilan ishlash, futbolchilar bilan o‘zaro tushunish hosil qilish uchun vaqt kerak bo‘lishini qayd etdi.
Shuningdek, sobiq murabbiy futbol klublarida kutilmagan holatlar butun mavsumga ta’sir qilishi mumkinligini ham eslatdi. Klopp o‘tgan mavsum “Liverpul” uchun hissiy jihatdan ham murakkab bo‘lganini tan olib, endi klub ortga emas, kelajakka qarashi kerakligini aytdi.