locale OZ

Yurgen Klopp “Leypsig” futbolchisini “Real”ga taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yurgen Klopp “Leypsig” futbolchisini “Real”ga taklif qildi
FOTO: Getty Images

Red Bull futbol bo'limi rahbari Yurgen Klopp “RB Leypsig”ning 22 yoshli hujumchisi Benjamin Sheshkoni “Real”ga shaxsan taklif qildi. Bu haqda Defense Central nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar” prezidenti Florentino Peres germaniyalik mutaxassisga Sheshko Madrid grandiga mos kelmasligini aytgan.

Ta'kidlanishicha, “Real” jamoaning sobiq futbolchisi Xoseluga o'xshash forvard qidirishda davom etmoqda.

Ma'lumot uchun, Sheshko o'tgan mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting