locale OZ

Yurgen Klopp JCh-2026'dan soʻng Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Nemis mutaxassisi hozirda Red Bull kompaniyasida global futbol boʻlimi rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yurgen Klopp JCh-2026'dan soʻng Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Bild nashrining ma’lum qilishicha, Yurgen Klopp 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidan so‘ng Germaniya milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin. Ayni paytda terma jamoaga rahbarlik qilayotgan Yulian Nagelsmann uchun bo‘lajak mundial natijalari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Terma jamoaning turnirdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki Nagelsmanning iste’fosiga va Kloppning tayinlanishiga asos bo‘lishi kutilmoqda.

Germaniya terma jamoasi 2014 yilgi Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, 2018 va 2022 yillardagi mundiallarda guruh bosqichidan o‘ta olmagan edi. Shu sababli, bo‘lajak musobaqada jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo‘yilgan.

Red Bull kompaniyasi 2025 yildan buyon global futbol bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan Kloppning ish natijalaridan to‘liq qoniqish hosil qilmayapti. Kompaniya rahbariyati mutaxassisning yozgi mavsumda murabbiylik faoliyatiga qaytishiga qarshilik qilmasligini bildirgan. Shu bilan birga, so‘nggi davrda Yurgen Kloppning murabbiylik faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkinligi haqidagi xabarlar matbuotda tez-tez uchramoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting