locale OZ

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallash arafasida turibdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ylian Nagelsmann lavozimini tark etgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallash arafasida turibdi
Foto: Getty Images

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallash arafasida turibdi.

Xabarlarga ko‘ra, Germaniya futbol ittifoqi (DFB) va germaniyalik mutaxassis o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan. Agar so‘nggi tafsilotlar bo‘yicha ham kelishuvga erishilsa, Klopp 2030-yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzolaydi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tomonlar yaqin kunlarda yakuniy uchrashuvni o‘tkazadi. Shundan so‘ng Kloppning "Red Bull" tizimidagi faoliyati rasman yakunlanishi va u Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi. Endilikda DFB jamoani yangi davrga olib kirish uchun asosiy nomzod sifatida aynan Yurgen Kloppni tanlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting