locale OZ

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi — manba

Tomonlar oʻrtasida 2030-yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolanadi.
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi — manba
FOTO: Getty Images

Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp Germaniya milliy terma jamoasini boshqaradigan bo‘ldi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2030-yilgi Jahon chempionatiga qadar mo‘ljallangan. Germaniya futbol ittifoqi (DFB) va Klopp 2025-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan "Red Bull" kompaniyasi mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha o‘zaro prinsipial kelishuvga erishdilar. Bu haqda insayder jurnalist Florian Plettenberg o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Klopp va uning tijoriy hamkorlariga tegishli shartnomaning yakuniy tafsilotlari bugun bo‘lib o‘tadigan JCh-2026 finalidan so‘ng yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Rejaga ko‘ra, 59 yoshli mutaxassis kelasi juma kuni, ya’ni 24-iyulda Frankfurtda rasmiy shartnomaga imzo chekadi. Aynan o‘sha kuni DFB ushbu tayinlovni ommaga e’lon qiladi va matbuot anjumani tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp 2025-yildan beri "Red Bull" kompaniyasida xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi va uning shartnomasi 2029-yil yakuniga qadar tuzilgandi. Ushbu faoliyatidan avval esa mutaxassis 2015-yildan 2024-yilgacha Angliyaning "Liverpul" klubini boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting