locale OZ

Yurgen Klopp: \"Avvaliga quloqlarim pand beryapti deb o'yladim\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yurgen Klopp: "Avvaliga quloqlarim pand beryapti deb o'yladim"
Photo: gettyimages

“Liverpul” sobiq ustozi Yurgen Klopp “klub”ni tark etishga yaqin turgan hamda “Real Madrid”ga borib qo'shilishi aniq bo'lgan Trent Aleksandr Arnoldga nisbatan qilingan etirozlarga munosabat bildirdi:

"Xafa bo‘lishingiz yoki jaxlingiz chiqishiga qarshi emasman. Lekin, hech narsani esdan chiqarmang. Bu klub unutmaydi.

Televizorni qo‘ysam, Trent chiqib kelayotganda stadion xushtak chaldi. Avvaliga quloqlarim pand beryapti, deb o‘ylab, ovozni balandladim. Ha, xushtak ovozi. Buni anglash uchun o‘n soniya vaqt ketdi. Keyin televizorni o‘chirdim.

Rostini aytsam, bundan yomoni bo‘lmaydi. Yo‘q, bu biz emas. Yuz foiz biz emas.

Trent “Liverpul” uchun har daqiqada borini berdi. Va yigirma yil o‘tib qaergadir ketishni xohladi. Kimdir norozi bo‘lishi kerak bo‘lsa, rahbarlar xolos. Lekin ular norozi emas"

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting