Yunus Ali: «Juda qiyin oʻyin boʻldi»
“Al-Ahli” - “Andijon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaninig ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Yunus Ali va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi Mishel Vlap ishtirok etdilar.
Yunus Ali: “Birinchi navbatda rahmat. Menimcha, bu juda ham qiyin oʻyin boʻldi. Kuchli raqibga qarshi oʻynadik. Ular juda yaxshi oʻynashdi. Oʻyindan oldin bu jamoaga imkoniyatlar yaratib bermaslikni aytgandim. Bu qiyin edi, lekin oʻylashimcha, oʻyinchilar juda ham yaxshi oʻynashdi. Oʻzimizni yaxshi koʻrsatdik, koʻplab imkoniyatlar yaratdik. Oʻylaymanki, bundan ham yaxshiroq natijalarga loyiqmiz. Asosiysi, biz yutdik va 3 ochkoni qoʻlga kiritdik.
Mishel Vlap: “Menimcha, biz oʻyinni yaxshi tashkillashtirdik. Toʻp bilan juda ham yaxshi harakat qildik. Tabiiyki, bizni bitta maqsadimiz bor edi - bu ham boʻlsa oʻyinda yutish. Shuningdek, yaxshi oʻynash ham va bunga hamma tayyor edi. Uchrashuvda ikkita gol kiritdim, hattoki, 3 ta boʻlishi mumkin edi. Baʼzida imkoniyatni boy berasiz ekan. Biroz charchagandim. Bu ajoyib boʻldi: 2 ta gol urdim va 3 ochkoga ega boʻldik, xursandman”