locale OZ

\"Yunayted\" rahbariyati Mazrauini so‘nggi yillardagi eng yaxshi transfer deb hisoblamoqda

Bunga bir nechta sabablar bor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yunayted" rahbariyati Mazrauini so‘nggi yillardagi eng yaxshi transfer deb hisoblamoqda
Photo: Man. United

"Yunayted" rahbariyati Mazrauini so‘nggi yillardagi eng yaxshi transfer deb hisoblamoqda. Bunga bir nechta sabablar bor:

Mazraui ikki oyog‘ida ham ishonchli o‘ynaydi va pressingdan chiqishda yaxshi. Uning o‘yinni tushunishi jamoadoshlari va murabbiylarni hayratga solmoqda.

"Yunayted" yaxshi futbolchi olayotganini bilgan, ammo marokashlik himoyachining bunchalik chaqqon, kuchli va agressiv bo‘lishidan ajablangan.

U jim, jamoadoshlari orasida mashhur, hurmatli va kamtarin. Unga to‘pni ishonib berishadi va bosim ostida pas olganda ham sokin bo‘lishiga ishonishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting