locale OZ

Yulmann «Atletiko»ga o‘tishga tayyor

'Sporting' yarim himoyachi uchun taxminan 40 million yevro talab qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yulmann 'Atletiko'ga o‘tishga tayyor
ФОТО: Getty images

'Sporting' klubi sardori Morten Yulmann faoliyatini Madridning 'Atletiko' klubida davom ettirishga tayyor. Bu haqda Atletico Universe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 'matraschilar' 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Endi navbat klublarga – ular transfer tafsilotlarini o‘zaro kelishib olishlari kerak.

'Sporting' yarim himoyachi uchun taxminan 40 million yevro talab qilmoqda.

Morten Yulmann 2023 yildan buyon Lissabon jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

O‘tgan mavsumda daniyalik futbolchi 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting