Yulian Nagelsmann: «Kyurasao ham futbol oʻynashni bilishini koʻrdik»
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati «E» guruhi 1-turi doirasida Kyurasaoga qarshi kechgan va jamoasining 7:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan oʻyin haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
«Raqib hisobni tenglashtirganidan keyin oʻyinga qaytishimiz uchun bizga bir necha daqiqa kerak boʻldi. Kyurasao terma jamoasi ham futbol oʻynashni bilishiga guvoh boʻldik, ushbu jamoaning guruhda keyinchalik oʻzini qanday koʻrsatishi men uchun juda qiziq.
Yettita gol urganimizdan juda mamnunman, qolaversa, jamoamiz koʻrsatgan oʻyin ham deyarli toʻliq yoqdi. Turnirdagi ishtirokni gʻalaba bilan boshlash har doim muhim, buni uddalagan xursandmiz», — deya Nagelsmanni soʻzlarini FIFA rasmiy sayti keltirmoqda.