Yozua Kimmix Germaniya terma jamoasi qarorgohi yaqinida zaharli ilon paydo bo‘lganini ma’lum qildi
Germaniya milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi va sardori Yozua Kimmix JCh-2026 guruh bosqichi doirasidagi Kyurasao terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan (7:1) so‘ng, jamoa a’zolari zaharli ilonga duch kelishgani haqida so‘zlab berdi.
Mazkur hodisa nemislar delegatsiyasining Uinston-Salemdagi mashg‘ulotlar bazasi yaqinida sodir bo‘lgan.
«Kecha biz ilonni ko‘rib qoldik. Bizga uning zaharli ekanligini ma’lum qilishdi. Agar u insonni chaqib olsa, zudlik bilan shifoxonaga murojaat qilish zarur. Uning tishlashi o‘limga olib kelmasada, shubhasiz, juda xavflidir. Germaniyada bunday xavfli mavjudotlar ko‘p degan tasavvur yo‘q edi. Bu yerda esa, agar tasodifan ilonni bosib olsangiz, oqibati juda yomon bo‘lishi mumkinligini his qilasiz. Shu sababli ushbu jonivorlardan uzoqroq turishga harakat qilyapmiz», — deya Kimmixning so‘zlarini keltirmoqda Euronews nashri.