locale OZ

Yozua Kimmix: «Asosiy maqsadimiz — Germaniyani biz bilan yana faxrlanishga majbur qilish»

Nemis yarimhimoyachisi jamoaning amnistiyalari haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yozua Kimmix: «Asosiy maqsadimiz — Germaniyani biz bilan yana faxrlanishga majbur qilish»
FOTO: Getty Images

Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi va sardori Yozua Kimmix milliy jamoaning Jahon chempionatidagi ilk oʻyini oldidan yirik turnir muhiti haqida fikr yuritdi va jamoaning musobaqadagi bosh maqsadini maʼlum qildi.

«Biz Germaniyani yana biz bilan faxrlanishga majbur qilmoqchimiz. Bu bizning bosh maqsadimizdir. Bu yerda butun boshli mamlakatimiz sharafini himoya qilayotganimizni yaxshi anglaymiz. Germaniya terma jamoasi safida yirik turnirda qatnashish umuman boshqacha tuygʻu ekanini his qilasiz. Bizda Germaniyaga hayajon va quvonch hadya etish uchun ulkan imkoniyat bor. Sardor sifatida mening rolim biroz oʻzgacharoq tus oldi.

Jamoamizda juda koʻp ijobiy energiyani his qilyapman. Agar borimizni berib, bor qalbimiz, qatʼiyatimiz va ishtiyoqimiz bilan oʻynasak, ehtimol, bu energiyani butun mamlakatga yuqtira olarmiz va xuddi 2006-yilgi Jahon chempionati kabi katta turtki bera olarmiz. Men u turnirni bolaligimda oʻz koʻzlarim bilan koʻrganman. Maydonda biz uchun qiyin boʻladigan vaziyatlar ham uchraydi. Butun mamlakat ortimizda turganini his qilish esa bizga juda katta yordam berishi mumkin», — deya Kimmixning soʻzlarini keltirmoqda Bild nashri.

Eslatib oʻtamiz, 2026-yilgi Jahon chempionatining «E» guruhida Germaniya terma jamoasi Kyurasao, Kot‑d’Ivuar va Ekvador bilan birgalikda bahs olib boradi. JCh-2026 musobaqasi 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting