locale OZ

Yozgi transfer oynasi davri o‘zgardi

Endilikda mavsumning birinchi davrasi tanaffusga qadar nihoyalanmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yozgi transfer oynasi davri o‘zgardi
ФОТО: Getty images

Liga o‘tgan yilning avgust oyida ishlab chiqqan taqvim reja bo‘yicha Superliga bellashuvlarining katta qismi shanba va yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi, shuningdek, mavsumning birinchi davrasi iyun oyida to‘liq yakuniga yetib (evaziga kubok formatiga o‘zgartirish kiritilgandi), ikkinchi davra yozgi transfer oynasidan keyin o‘z vaqtida start olishi rejalashtirilgandi. Shundan kelib chiqib, Liga FIFA TMS portalida O‘zbekistondagi yozgi transfer oynasini 22-iyun — 24-iyul sifatida belgilagandi.

Milliy terma jamoaning 5-maydan e’tiboran yig‘inga kirishishi Liga rejalari o‘zgarishiga olib keldi. Endilikda mavsumning birinchi davrasi tanaffusga qadar nihoyalanmaydi. Faqatgina 6-avgust sanasiga kelibgina Superliganing dastlabki 15 turi ortda qoladi.

Shundan kelib chiqib, Liga klublar bilan maslahatlashgan holda yozgi transfer oynasi davriga o‘zgartirish kiritdi. Endilikda bu davr 8-iyuldan start oladi va 10-avgust sanasiga qadar davom etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting