Yovan Nishich – «Lokomotiv» futbolchisi
U markaziy yarim himoyachi ampluasida to‘p tepadi.
Фото: Локомотив ПФК
Yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan "Lokomotiv" serbiyalik futbolchi Yovan Nishich bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Yovan Nishich 1998-yil 3-mart kuni tug‘ilgan bo‘lib, markaziy yarim himoyachi ampluasida to‘p tepadi.
U Toshkentga kelguniga qadar faoliyatining oxirgi qismini Serbiya chempionati vakili "Radnichki Nish" klubida o‘tkazdi.
Yangi futbolchimiz o‘z vaqtida Serbiya o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida ham bir nechta o‘yinda maydonga tushgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist