Yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining final juftligi ma'lum bo'ldi
Hal qiluvchi bahs 20 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
FOTO: Getty Images
2025 yilgi yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining final juftligi ma'lum bo'ldi. Hal qiluvchi bahsda Marokash va Argentina oʻzaro to'qnash keladi.
Ushbu bahs 20 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da start oladi.
Maʼlumot uchun, Marokash turnirning yarim finalida Fransiyani penaltilar seriyasida magʻlub etgandi (1:1, 5:4). Argentina esa Kolumbiya ustida gʻalaba qozondi (1:0).
Eslatib oʻtamiz, musobaqaning amaldagi chempioni Urugvay hisoblanadi. Ushbu jamoa 2023 yilgi finalda Italiyani 1:0 hisobida magʻlub etgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist