locale OZ

Yosh \"ajdarlar\" xalqaro turnirda ishtirokni boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yosh "ajdarlar" xalqaro turnirda ishtirokni boshladi
PHOTO: Telegram

Avval xabar berganimizdik, 2012-yilda tavallud topgan Qarshining “Nasaf” klubi tarbiyalanuvchilari xalqaro turnirda oʻz ishtiroklarini boshlashdi.

Boshlagandayam gʻalabalar bilan! Dilmurod Poʻlatov boshqaruvidagi "Nasaf" 2012 (A) guruhimiz mahalliy "Paxtakor Junior" jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etishdi. Har ikkala golga ham umidli va iqtidorli hujumchi Akbar Isoyev mualliflik qilgan boʻlsa, oʻyinning eng yaxshi futbolchisi sifatida Abdulaziz Usmonov eʼtirof etildi!

Aynan shu yildagi (B) guruhda ishtirok etayotgan yosh “ajdarlar” esa qoʻshni Qozogʻistonning "Muras United" yoshlarini 3:1 natijasi bilan taslim etishdi. Gollarga Jasur Niyazov, Odil Movlonov hamda Artur Abdullayev mualliflik qilishdi. Eng yaxshi futbolchisi sifatida Behruz Islomov deb topildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting