locale OZ

Yoahim Lyovga maslahatchi lavozimi taklif qilindi – O‘zbekiston bilan muzokaralar davom etmoqda

Germaniya terma jamoasining sobiq murabbiyiga JCH-2026ga tayyorgarlikda maslahatchi sifatida hamkorlik taklif etilgan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Sport24’ning ma’lumot berishicha, Germaniya milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoahim Lyov haqiqatan ham O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yilgan, biroq suhbat bosh murabbiylik haqida emas — unga terma jamoaning Jahon chempionatiga tayyorgarligini kuzatuvchi maslahatchi sifatida ish taklif qilingan.

Manbaning ta’kidlashicha, Löv hamkorlikka qiziqish bildirgan. Ammo hozircha uni bosh murabbiy sifatida tayinlash rejalashtirilmayapti.

O‘FA ichida turli fikrlar mavjud. Bir guruh rasmiylar jamoaga tajribali mutaxassis zarur deb hisoblab, aynan Lövni bosh murabbiy etib tayinlash tarafdori. Shu bilan birga, federatsiyaning boshqa qismi jamoani mundialga olib chiqqan Timur Kapadzeni lavozimida qoldirishni ma’qul ko‘rmoqda. Ma’lum qilinishicha, Kapadze yordamchi vazifasini qabul qilishga tayyor emas va agar Löv bosh murabbiy bo‘lib tayinlansa, terma jamoani tark etishi mumkin.

Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda — Lyovning shtabdagi aniq roli yuzasidan kelishuv qidirilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting