locale OZ

Yoahim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi taklifini qabul qilmadi

Jahon chempioni murabbiyi Berlindagi muzokaralardan so‘ng muloyim rad javobini berdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Germaniyalik jahon chempioni Yoahim Lyovning O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida ishga kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bild nashrining yozishicha, Lyov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari bilan Berlindagi O‘zbekiston elchixonasi orqali onlayn muzokara o‘tkazgan. Bir necha kun taklifni jiddiy o‘rgangan mutaxassis yakunda muloyim rad javobini berdi.

Ma’lumot uchun, 65 yoshli Lyov 2014 yili Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan va o‘sha yili FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. U 2021 yil mart oyida milliy jamoa boshqaruvidan ketgan va shundan beri ish faoliyatini davom ettirmagan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting