YL. \"Tottenxem\" uddaladi! Ispaniyada ingliz finalini ko'ramiz!
Yevropa ligasi yarim final javob uchrashuvlari doirasidagi "Budu-Glimt" - "Tottenxem" qarama-qarshiligi bo'lib o'tdi.

Londondagi dastlabki bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozongan “shporlar” Norvegiyada bo'lib o'tadigan javob o'yini oldidan o'z imkoniyatlarini yaxshilab olgan edi.

Mehmondagi to'qnashuv qiyin bo'lishi aniq edi, shunday ham bo'ldi. O'yinning birinchi bo'limida hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'limning 63 daqiqasida Solanke ajoyib gol urib “Tottenxem”ni hisobda oldinga olib chiqdi, 0:1.

Oradan atigi 6 daqiqa o'tib, inglizlarning navbatdagi hujumlaridan biri yana samarali yakunlandi. Bu safar Pedro Porro raqib darvozabonini ranjitdi, 0:2.

Uchrashuvda tomonlar darvozasi boshqa ishg'ol etilmadi va shu tariqa “Tottenxem” yevropa ligasining finaliga yo'l oldi.

APL turnir jadvalida 15 va 16-o'rindagi jamoalar yevropa ligasi finalida o'zaro kuch sinashadi. Natijada, 6 ta ingliz jamoasi keyingi mavsum chempionlar ligasida qatnashadi.

Yevropa ligasi final
"Man Yunayted" - "Tottenhem"