locale OZ

YL. «Roma» «Bolonya»ga, «Aston Villa» «Lill»ga qarshi oʻynaydi

Bugun Yevropa Ligasining 1/8 final bosqichi start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YL. «Roma» «Bolonya»ga, «Aston Villa» «Lill»ga qarshi oʻynaydi
FOTO: Getty Images

UEFA Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvlari bugun, 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur bosqich doirasida sakkizta qiziqarli bahs tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Quyida uchrashuvlarning Toshkent vaqti bilan jadvalini keltiramiz:

Soat 22:45 da boshlanadigan uchrashuvlar:

  • «Bolonya» — «Roma»
  • «Lill» — «Aston Villa»
  • «Panatinaikos» — «Betis»
  • «Shtutgart» — «Portu»

Soat 01:00 da boshlanadigan uchrashuvlar (13 martga o‘tar kechasi):

  • «Selta» — «Lion»
  • «Genk» — «Frayburg»
  • «Ferensvarosh» — «Braga»
  • «Nottingem Forest» — «Midtyullann»

Maʼlumot uchun, javob uchrashuvlari 19 mart kuni o‘tkaziladi. Joriy mavsumning final bahsi esa 2026 yilning 20 may kuni Istanbuldagi «Beshiktosh» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting