Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga 10 nafar nomzod e’lon qilindi
France Football nashri 2026-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da’vogar bo‘lgan 10 nafar futbolchi nomini e’lon qildi. Yakuniy ro‘yxatdan Yevropaning yetakchi klublarida to‘p surayotgan bir qator iqtidorli yoshlar joy oldi.
Nomzodlar orasida Kerim-Sam Alaybegovich (“Red Bull Zalsburg”/“Yuventus”), Ayyub Buaddi (“Lill”/“Manchester Siti”), Pau Kubarsi (“Barselona”), Yan Diomande (“RB Leypsig”/“Real Madrid”) va Lennart Karl (“Bavariya”) bor.
Shuningdek, Eli Krupi (“Bornmut”), Lamin Yamal (“Barselona”), Yohan Manzambi (“Frayburg”/“Aston Villa”), Ibrohim Maza (“Bayer”) va Uorren Zair-Emeri (“Pari Sen-Jermen”) ham sovrin uchun kurash olib boradi.
Ma’lumot uchun, g‘olib 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimida e’lon qilinadi. O‘tgan yili ushbu sovrinni “Pari Sen-Jermen” vingeri Dezire Due qo‘lga kiritgan edi.