Yilning eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzodlar e’lon qilindi — Flik ro‘yxatda yo‘q
France Football nashri 2025/26-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi sovriniga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi. Mukofot uchun Mikel Arteta, Luis de la Fuente, Unai Emeri, Vensan Kompani va Luis Enrike kurash olib boradi.
Nomzodlar orasida Chempionlar Ligasi g‘olibi Luis Enrike, Angliya chempioni Mikel Arteta, Yevropa Ligasi sohibi Unai Emeri, Germaniya chempioni Vensan Kompani va Ispaniya terma jamoasi bilan 2026-yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan Luis de la Fuente bor. “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik esa yakuniy beshlikka kiritilmadi.
Mukofotni aniqlashda jamoaning o‘yin sifati, qo‘lga kiritilgan sovrinlar, murabbiyning yetakchilik va taktik mahorati, futbolchilar imkoniyatidan foydalanishi hamda yosh iste’dodlarni kashf etishi kabi mezonlar hisobga olinadi. G‘olib xalqaro sport jurnalistlari ovoz berishi orqali aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini g‘olibi 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan “Oltin to‘p” marosimida e’lon qilinadi. 2025-yilda ushbu mukofotni “Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Luis Enrike qo‘lga kiritgan edi.