Yevropaning yetti klubi Erik Garsiyaga qiziqmoqda
“Barselona” himoyachisi Erik Garsiya qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Tottenhem”, “Aston Villa”, “Nyukasl”, PSJ, “Roma”, “Inter” va “Komo” klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.
“Barselona” Garsiyani sotishga shoshilmayapti. Biroq klubga 50–55 million yevro atrofida taklif tushsa, kataloniyaliklar muzokaralarni boshlashga tayyor bo‘lishi mumkin.
Joriy La Liga mavsumida Garsiya uchta uchrashuvda maydonga tushdi va hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmadi. Himoyachining bir nechta pozitsiyada harakat qila olishi unga Yevropaning turli chempionatlaridagi klublar tomonidan qiziqish bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Erik Garsiya “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017-yilda “Manchester Siti” akademiyasiga o‘tgan, 2021-yilda esa “Barselona”ga qaytgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.