locale OZ

Yevropaning uch klubi Leauga qiziqmoqda

"Milan" ham portugaliyalik hujumchi bilan hayrlashmoqchi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropaning uch klubi Leauga qiziqmoqda
Photo: Getty Images

"Milan" hujumchisi Rafael Leau tez orada jamoani o'zgartirishi mumkin. Bu haqda TeamTalk xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli portugaliyalik futbolchi xizmatiga "Chelsi", "MYu" va "Bavariya" jamoalari qiziqmoqda.

"Milan" ham Leauni qo'yib yuborishga tayyor. Futbolchining transfer bahosi 75 mln yevroni tashkil etmoqda.

Leau yakunlangan mavsumda "Milan" safida barcha turnirlarda 50ta o'yinda 12ta gol urdi va 13ta assistni qayd etgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting