Yevropaning uch klubi Grealishga da’vogar
Photo: Getty Images
"Manchester City" vingeri Jack Grealish faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli ingliz futbolchisiga "Tottenham", "Newcastle" va "Napoli" qiziqish bildirmoqda. "City" futbolchini 46 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Grealish o‘tgan mavsum "shaharliklar" libosida 32 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 28 mln yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist