Yevropaning uch klubi Emiliano Martines uchun kurashmoqda
Photo: Getty Images
“Aston Villa” darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
DSports nashrining xabariga ko‘ra, 32 yoshli argentinalik posbon xizmatiga “Manchester United”, “Chelsi” va “Atletiko” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Martines “Aston Villa”ni tark etishga qaror qilgan. Unga Saudiyadan taklif bo‘lishiga qaramay, o‘zi Yevropada qolishni istamoqda.
O‘tgan mavsumda Emiliano birmingemliklar safida 52 ta o‘yinda 61 ta gol o‘tkazib yuborgan. 15 ta o‘yinda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi. Futbolchining klub bilan bitimi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist