locale OZ

Yevropaning top ikki klubi Olise uchun kurashmoqda

2025/2026 yilgi mavsumda Maykl Olise 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropaning top ikki klubi Olise uchun kurashmoqda
ФОТО: Getty images

Insayder Kristian Falk o‘z saytida "Bavariya"ning vingeri Maykl Olisega top klublar tomonidan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi.

Manbaga ko‘ra, Olise "Real" hamda "Manchester Siti"ning diqqat markazida turibdi. Shu bilan birga, "Bavariya" 24 yoshli Oliseni tark etish niyatida emasligi ta’kidlandi.

Amaldaqi shartnoma 24 yoshli futbolchini Myunxen klubi bilan 2029 yil o‘rtalarigacha bog‘lab turadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Maykl Olise 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 14 ta aniq golli uzatma bilan jamoadoshlarini quvontirdi. "Bavariya" Germaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Dortmundning "Borussiya"si to‘qqiz ochko ortda bormoqda

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting