locale OZ

Yevropaning mashhur futbol klublari liboslarini ishlab chiqarayotgan ishchilarning og‘ir ahvoli fosh etildi

Ular haftasiga olti kun, kuniga sakkiz soatdan ishlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropaning mashhur futbol klublari liboslarini ishlab chiqarayotgan ishchilarning og‘ir ahvoli fosh etildi
Foto: Getty Images

“Arsenal”, “Liverpul”, “Real Madrid” va boshqa mashhur futbol klublarining rasmiy liboslari ishlab chiqariladigan fabrikalardagi mehnat sharoitlari jiddiy savollarni yuzaga keltirdi. Narxi 120 yevrodan oshadigan futbolkalarni tayyorlayotgan ayrim ishchilar soatiga bir funtdan ham kam haq olmoqda. Bu haqda BBC Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, surishtiruv davomida Kambodjadagi ikkita fabrikada ishchilar og‘ir sharoitlarda mehnat qilayotgani aniqlangan. Ular haftasiga olti kun, kuniga sakkiz soatdan ishlaydi. Oylik asosiy maosh 210–220 dollarni tashkil etadi. Ayrim sexlarda harorat 35 darajadan oshadi, ishchilar esa kuniga 300 tadan 700 tagacha mahsulot tayyorlashga majbur bo‘layotganini bildirgan.

Ishchilar ishlab chiqarish rejasi bajarilmaganida rahbariyat tomonidan bosim va haqoratga duch kelishlarini ham aytishgan. Fabrikalarga buyurtma beruvchi Adidas kompaniyasi esa xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadida muntazam tekshiruvlar o‘tkazilishini ma’lum qildi. Kompaniya fabrikalarda ishchilar huquqlari buzilmasligi uchun tegishli standartlar joriy etilganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, surishtiruvda tilga olingan Bowker Garment Factory va Trax Apparel korxonalarida jami 6600 nafarga yaqin xodim ishlaydi. BBC ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida Angliya Premyer-ligasi klublarining rasmiy futbolkalari o‘rtacha narxi 50,7 foizga oshgan. Adidas esa ayni paytda Premyer-ligadagi 20 ta klubdan sakkiztasini sport liboslari bilan ta’minlamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting