Yevropaning 5 ta top klubi Murillo uchun qiziqish bildirmoqda
"Nottingem Forest"ning 23 yoshli himoyachisi Murillo bir qator top-klublarning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan.
Xabarlarga ko‘ra, futbolchi uchun "Real", "Barselona", "Bavariya", "Chelsi", "Arsenal" kabi grandlar kurash olib bormoqda.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Murillo tarixdagi birinchi himoyachi bo‘lishi mumkin, uning transfer narxi 100 million funt yoki undan ham ko‘proqqa baholanishi ehtimol.
"Uning harakatlarini klublar diqqat bilan kuzatmoqda. Shaxsan o‘zim uni "Forest"da yana uch, to‘rt, besh yil qolishini istardim. U yaqinda yangi shartnoma imzoladi. Balki u tarixdagi ilk 100 million funtlik himoyachiga aylanar, bu esa "Forest" uchun juda katta bitim bo‘ladi, agar bunday kelishuv amalga oshsa", - dedi Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Sten Kollimor.
Murillo 2023 yili braziliyalik "Korintians"dan "Nottingem"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi klub uchun 15 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.