locale OZ

Yevropalik muxlislar AQSHdagi Jahon chempionatiga borishga qo'rqishmoqda

Bir qator fan-klublar Amerikadagi xavfsizlik holatidan xavotir olmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropalik muxlislar AQSHdagi Jahon chempionatiga borishga qo'rqishmoqda
FOTO: Getty Images

Yevropadagi bir qator fan-klublar va muxlislar guruhlari AQSHdagi mavjud xavfsizlik holati, jumladan, immigratsiya qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha o‘tkazilayotgan operatsiyalar yuzasidan xavotir bildirib, xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda. Bu haqda Euractiv nashri xabar berdi.

Yevropa Ittifoqining madaniyat, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissari Glenn Mikallef UEFA kongressi doirasida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan ushbu mavzuda suhbatlashganini ma’lum qildi.

«Men uni tashkilotchilar bilan muloqot qilganda muxlislar xavfsizligini inobatga olishga chaqirdim. Albatta, AQSHga boradigan har bir insonning xavfsizligini kafolatlash uchun tashkilotchilar va FIFA bilan muloqotni davom ettirishimiz zarur», — dedi Mikallef.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting