locale OZ

Yevropada faqat ikkita klub mavjudki, joriy mavsumda uchta sovrinni qo'lga kiritish imkoniyati saqlanib qolgan

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropada faqat ikkita klub mavjudki, joriy mavsumda uchta sovrinni qo'lga kiritish imkoniyati saqlanib qolgan
Yevropada faqat ikkita klub mavjudki, joriy mavsumda uchta sovrinni qo'lga kiritish imkoniyati saqlanib qolgan

Ayni paytda faqat PSJ va Barselona “trebl” — milliy chempionat, milliy kubok va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega. Ikkala jamoa ham o‘z mamlakat chempionatlarida (Fransiya va Ispaniya) peshqadam bo‘lib turibdi va milliy kubok finaliga ham yo‘l olgan. Chempionlar ligasi bo‘yicha esa parijliklar va kataloniyaliklar faqat finaldagina o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin.

Avvalroq “trebl” uchun Inter ham kurash olib borayotgan edi - jamoa Italiya chempionatida yetakchi bo‘lib, Chempionlar ligasida ham ishtirokini davom ettirayotgandi. Biroq Italiya kubogi yarim finalida Milandan uchralgan mag‘lubiyat orqali bu imkoniyatdan mahrum bo‘ldi.

Ayni paytda PSJ Fransiya chempionligini muddatidan oldin ta'minladi. Chempionlar ligasi yarim finalida parijliklar Londondagi Arsenalga qarshi o‘ynaydi, Barselona esa Inter bilan to‘qnashadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting