locale OZ

Yevropa terma jamoalari JCH-2026da 10 ta o‘yindan 3 tasida g‘alaba qozondi

Chexiya va Turkiya mag‘lub bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropa terma jamoalari JCH-2026da 10 ta o‘yindan 3 tasida g‘alaba qozondi
ФОТО: Getty images

Jahon chempionati — 2026da Evropa jamoalari hozirgi vaqtda g‘alabadan ko‘ra ko‘proq ochko yo‘qotmoqda. Ya’ni, 10 ta o‘yinda faqat 3 ta muvaffaqiyat.

Yevropa terma jamoalari AQSH, Meksika va Kanadadagi turnirda 10 ta o‘yin o‘tkazdi: faqat Germaniya (Kyurasao ustidan 7:1), Shvetsiya (Tunis ustidan 5:1) va Shotlandiya (Gaiti ustidan 1:0) g‘alaba qozona oldi.

Bosniya va Gersegovina (Kanada bilan 1:1), Shveytsariya (Qatar bilan 1:1), Niderlandiya (Yaponiya bilan 2:2), Ispaniya (Kabo-Verde bilan 0:0) va Belgiya (Misr bilan 1:1) durang o‘ynadi.

Chexiya (Janubiy Koreyaga 1:2) va Turkiya (Avstraliyaga 0:2) mag‘lubiyatga uchradi.

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati — 2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting