Yevropa Ligasini muddatidan avval tark etgan oltita jamoa nomi boʻldi
Turnirning amaldagi chempioni «Tottenhem» hisoblanadi.
FOTO: Getty Images
Yevropa Ligasining joriy mavsumida olti jamoa muddatidan avval pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra, quyidagi klublar Yevropa Ligasi pley-offi uchun matematik imkoniyatlarini yo‘qotdi:
«Shturm» (4 ochko), «Reynjers» (4), «Nitsa» (3), «Utrext» (1), «Malmyo» (1) va «Makkabi Tel-Aviv» (1).
Eslatib o‘tamiz, umumiy bosqichda eng yaxshi sakkizta jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi. 9–24-o‘rinlarni egallagan klublar esa saralash raundida ishtirok etadi, ushbu bosqich g‘oliblari ham 1/8 finalga chiqadi.
Ma’lumot uchun, Yevropa Ligasining amaldagi g‘olibi — «Tottenhem» bo‘lib, londonliklar o‘tgan mavsum finalida «Manchester Yunayted»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist