locale OZ

Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga yoʻllanma olgan olti jamoa nomi maʼlum boʻldi

Ushbu klublar 25-o‘rindan pastga tushib ketmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga yoʻllanma olgan olti jamoa nomi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining olti turidan so‘ng pley-off yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

«Lion», «Midtyullann», «Aston Villa», «Betis», «Frayburg» va «Ferensvarosh» umumiy bosqichda 25-o‘rindan pastga tushmaydi va shu tariqa pley-off bosqichini kafolatlab bo‘ldi.

Umumiy bosqichning qolgan ikki turi 2026 yil yanvar oyida o‘tkaziladi.

Reglamentga ko‘ra, umumiy bosqichda eng yaxshi sakkizta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga chiqadi. 9–24 o‘rinlarni egallagan klublar esa pley-off yo‘llanmasi uchun saralash bosqichida kuch sinashadi. Ushbu raund g‘oliblari ham 1/8 final ishtirokchisiga aylanadi.

Amaldagi Yevropa ligasi g‘olibi — «Tottenhem». London klubi o‘tgan yilgi finalda «Manchester Yunayted»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting