locale OZ

Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga chiqqan barcha jamoalar nomi maʼlum boʻldi

Ushbu bosqich uchun qurʼa tashlash marosimi bugun boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga chiqqan barcha jamoalar nomi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Yevropa Ligasining umumiy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Turnir jadvalida dastlabki sakkizta o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 final bosqichiga yo‘l olgan jamoalar bilan tanishing:

  • «Lion», «Aston Villa», «Midtyullann», «Betis», «Portu», «Braga», «Frayburg» va «Roma».

Keyingi pog‘onalarni band etgan quyidagi jamoalar esa nimchorak final yo‘llanmasi uchun o‘tish o‘yinlarida ishtirok etishadi:

  • «Genk», «Bolonya», «Shtutgart», «Ferensvarosh», «Nottingem Forest», «Viktoriya Plzen», «Srvena Zvezda», «Selta», PAOK, «Fenerbaxche», «Panatinaikos», «Lill», «Seltik», «Ludogorets», «Dinamo» (Zagreb) va «Brann».

Eslatib o‘tamiz, 9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lgan joylarni egallagan jamoalar 1/8 finalning qolgan 8 ta yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahs olib boradilar. Yevropa Ligasining ushbu bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bugun, 30 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting