locale OZ

Yevropa ligasi. «Nottingem Forest» «Malmyo»ni yirik hisobda mag'lub etdi

Uchrashuvda uchta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Evropa ligasi. «Nottingem Forest» «Malmyo»ni yirik hisobda mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

Yevropa ligasi doirasidagi "Nottingem Forest" – "Malmyo" uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'yin maydon egalarining 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Mezbonlar yarim himoyachisi Ryan Yates 27-daqiqada o'yindagi birinchi golni urdi. 44-daqiqada Arnaud Kalimuendo ikkinchi golga mualliflik qildi. "Nottingem Forest" himoyachisi Nikola Milenkovich 59-daqiqada hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi va o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi.

Navbatdagi turda inglizlar 11 dekabr kuni mehmon bo'lib, "Utrecht"ga qarshi maydonga tushadi, shu kuni Shvetsiya klubi safarda "Portu"ga qarshi bahs olib boradi.

Evropa ligasi. 5-tur

"Nottingem Forest" 3:0 "Malmyo"

Gollar: Yates 27, Kalimuendo 44, Milenkovich 59

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting