locale OZ

Yevropa ligasi finalini kim boshqarishi ma'lum. U haqida nimalarni bilasiz?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropa ligasi finalini kim boshqarishi ma'lum. U haqida nimalarni bilasiz?
Photo: gettyimages

Germaniyalik hakam Feliks Zvayer 2025 yilgi Yevropa ligasi final uchrashuvi doirasidagi “Manchester Yunayted” hamda “Tottenxem” jamoalari o'rtasidagi bahsni boshqaradi.

Ushbu final o'yini 21 may chorshanba kunidan payshanbaga o'tar tunda Ispaniyaning “Atletik Bilbao” klubiga tegishli bo'lgan “San Mames” stadionida bo'lib o'tadi. Zvayerga qanotlarda Robert Kempter va Kristian Dietzlar yordam beradi.

2012 yildan beri xalqaro hakam maqomiga ega bo'lgan 43 yoshli Feliks bu mavsumda chempionlar ligasining 7 ta uchrashuvida ishlab ulgurdi. Ularning ohirgisi yarim finaldagi “PSJ”-"Arsenal" o'yini bo'ldi. Nemis hakami shuningdek bu mavsumda 2 ta yevropa ligasi va bitta konferensiyalar ligasi uchrashuvini boshqardi.

Feliks Zvayer uchun bu UEFA tasnifidagi ikkinchi final hisoblanadi. U 2023 yilgi millatlar ligasi finalida “Xorvatiya”-"Ispaniya" bahsini boshqargan bo'lsa, shuningdek 2024 yilgi Yevro 2024 yarim finalida “Angliya”-"Gollandiya" o'yinida ishlagan.

Yevropa ligasi 2025 final uchrashuvi hakamlari:

Bosh hakam: Feliks Zvayer (Germaniya)
Qanot hakamlari: Robert Kempter and Kristian Dietz (Ikkovi ham Germaniya)
To'rtinchi hakam: Maurizio Mariani (Italiya)
Zahira yordamchi hakami: Daniel Bindoni (Italiya)
VAR hakami: Bastian Dankert (Germaniya)
VAR yordamchi hakami: Benjamin Brand (Germaniya)
VAR qo'llab-quvvatlovchi hakam: Karlos del Serro Grand (Ispaniya)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting