locale OZ

Yevropa ligasi final. Birinchi bo'lim statistikasi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropa ligasi final. Birinchi bo'lim statistikasi
Photo: gettyimages

Hozirgi paytda Ispaniyaning Bilbao shahrida "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari Yevropa ligasi finalida kuch sinashmoqda.

Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlandi. Dastlabki taymda qayd etilgan statistikalar bilan tanishing:

“Manchester Yunayted” besh marta va “Tottenxem” uch marta darvozalar tomon zarbalar bergan bo'lsa, shularning faqat bittasi yaqqol havfli vaziyat sifatida yuzaga keldi hamda o'sha vaziyatda “Tottenxem” futbolchi Jonson hisobchi ochdi.

Seyflar bo'yicha hisob 2:0 “shporlar” foydasiga. Burchak zarbalarida ham londonliklar oldinda 4:2. Shuningdek qoida buzishlar bo'yicha ham “Tottenxem” yaqqol ustunlik qilmoqda 12:4.

“Manchester Yunayted” to'p uzatishlar bo'yicha yaxshiroq natija qayd etdi, 187:103.

Jarima zarbalari hamda to'pni olib qo'yishda ham “qizil iblislar” yaqqol ustunlikka erishdi, mos ravishda 13:5 hamda 12:4.

Himoya va darvoza chizig'ida “Tottenxem” yaxshiroq harakat qilmoqda.

Uchrashuvdagi eng yoshi katta hamda yoshi kichik futbolchi “Manchester Yunayted” tarkibida harakatlanmoqda. O'ttiz uch yoshlik Kazimiro eng yoshi kattasi bo'lsa, o'n to'qqiz yoshlik Yorro eng yoshi kichik o'yinchi hisoblanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting