locale OZ

Yevropa futbol federatsiyalari Infantinoga muqobil nomzod izlamoqda

UEFAga a'zo ayrim federatsiyalar Infantinoning so‘nggi qarorlari va FIFA boshqaruv uslubidan norozi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropa futbol federatsiyalari Infantinoga muqobil nomzod izlamoqda
Foto: Getty Images

Yevropaning bir qator futbol federatsiyalari FIFA prezidenti Janni Infantinoga qarshi muqobil nomzod topish ustida ish boshlagani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, UEFAga a'zo ayrim federatsiyalar Infantinoning so‘nggi qarorlari va FIFA boshqaruv uslubidan norozi. Shu sababli ular FIFA prezidentligi uchun yangi nomzodni ilgari surish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Xabarlarda aytilishicha, ehtimoliy nomzodlar orasida PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfiy, shuningdek, Polshaning "Legiya" klubi rahbari Daryush Myoduski nomlari tilga olinmoqda. Biroq hozircha ularning hech biri rasman saylovda ishtirok etishini tasdiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda FIFA va UEFA o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchaygan. Bunga JCh-2026 davomida qabul qilingan bahsli qarorlar, shuningdek, FIFA boshqaruvi yuzasidan bildirilayotgan tanqidlar sabab bo‘lmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting