locale OZ

Yevro-2028 ochilishi va final oʻyini qaysi stadionda oʻtkazilishi maʼlum boʻldi

Qitʼaning eng nufuzli turniri 2028 yilning 9 iyunidan 9 iyuliga qadar davom etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevro-2028 ochilishi va final oʻyini qaysi stadionda oʻtkazilishi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Daily Mail nashrining xabariga koʻra, Yevro-2028 turnirining ochilish marosimi Uels poytaxti Kardiff shahrida joylashgan «Prinsipaliti» stadionida oʻtkaziladi. Yarimfinal va final bahslari esa Londondagi mashhur «Uembli» stadionida boʻlib oʻtadi.

Yevropa chempionati 2028 toʻldi bir vaqtning oʻzida toʻrtta mamlakatda — Angliya, Uels, Shotlandiya va Irlandiyada tashkil etiladi. Musobaqada 24 ta jamoa ishtirok etadi va jami 51 ta oʻyin oʻtkaziladi.

Turnir 2028 yilning 9 iyun kuni start oladi va 9 iyul kuni yakunlanadi.

Angliya milliy jamoasi guruh bosqichining ilk oʻyinini «Etihad»da oʻtkazadi, qolgan ikki uchrashuvni esa «Uembli»da oʻynaydi. Shuningdek, Irlandiya, Shotlandiya va Uels jamoalari oʻz oʻyinlarini mos ravishda Dublin, Glazgo va Kardiff shaharlarida oʻtkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting